Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - O'zbekiston oliy o'quv yurtlaridan biri.
Contents |
[tahrir] Tarix
1992 yil 23 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Respublikamizning xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlari sohalarida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil qilindi. Shu kunga qadar universitetda 1500 dan ortiq malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. Xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va oʻquv-tarbiya, uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlash sohasida Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya Qirolligi, Janubiy Korea, Xitoy va Rossiyaning yetakchi taʼlim va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik natijasida boy tajriba toʻplandi.
[tahrir] Sharoit
Yaqin oʻtgan vaqt mobaynida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kompyuter texnologiyalari va taʼlimning boshqa texnik vositalari, taʼlim olish uchun qoʻshimcha maʼmuriy binolar, akademik litsey, gimnaziya hamda kerakli jihozlar bilan taʼminlandi. Talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun universitet qoshida zamonaviy tennis maydoni, suzish majmui, internet klub, multimedia kompyuter markazlari, teatr studiyasi, kinozal, maʼnaviyat va maʼrifat markazi ochildi.
[tahrir] Pedagogik tarkib
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2 akademik, 20 fan doktori va professorlar, 80dan ortiq fan nomzodlari, 200dan ortiq katta oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ular oʻz bilim va tajribalarini xalqaro munosabatlar sohasida zamon talablariga, shuningdek XXI asr — globalizatsiya va integratsiyalashuv asrining yangi iqtisodiy va siyosiy talablariga tayyor boʻlgan kadrlarni yetishtirib chiqishga bagʻishlayaptilar. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi maxsus universitet hisoblanadi universitet rektori oʻz navbatida Tashqi ishlar vazirining muovinidir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati maslahatchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, atoqli olimlar va ilmiy xodimlar hamda talabalarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimlari vositasida amalga oshiriladi va ushbu jarayonga universitet rektori yoki rektorning oʻrinbosari boshchilik qiladi.
[tahrir] Universitet nashrlari
Universitet oʻzining doimiy nashri, -"Xalqaro munosabatlar" jurnaliga ega. Jurnal uch tilda, — oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi va jahonning saksondan ortiq elchihona, universitetlari, maxsus oʻquv yurtlari, ilmiy kutubxonalariga yuboriladi.