Rock
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rock-musiqa (inglizcha rock) — 1950-yillarda paydo boʻlgan zamonaviy musiqa yoʻnalishi, shuningdek oʻziga xos turmush tarzi, submadaniyat. Atama butkul taʼriflanmagan, zero baʼzi musiqiy uslublarning rock-musiqaga aloqadorligi shubha ostidadir. Rock-musiqa keng tarmoqlangan: unga rock-n-rolldan metalgacha kiradi. Qoʻshiqlar matni ham turfa: yengil, quvnoq sheʼrlardan to falsafiy, depressiv mazmunlilarigacha. Rock-musiqa AQSh va Buyuk Britaniyadan tarqalib, qoʻshiqlar butun dunyoda ingliz tilida kuylangan. Lekin keyinchalik deyarli har bir mamlakatda milliy rock-guruhlar paydo boʻla boshladi. SSSRga rock-musiqa 1960-yillarda kirib keldi. Shu yillarda O`zbekistonda, xususan Toshkentda ham rock-guruhlar yuzaga kela boshladi.
Contents |
[tahrir] Musiqa
Rock-guruhlar odatda vokalchi, gitarachi, bas-gitarachi (koʻpincha elektrogitaralarda) va barabanchi, baʼzida esa klavishchidan iborat boʻladi. Bas-gitarachi va barabanchi musiqa fonidagi ritmni ushlab turishadi, soloni elektrogitara ijro etadi va vokalchi kuylaydi. Lekin hozirgi rock-guruhlar bu qoidaga qatʼiyan boʻysunmaydilar.
[tahrir] Gʻoya
Rock — yoshlarning minbari, ular bu minbardan turib jamiyatdagi qarama-qarshiliklar, turfa kayfiyatlar, meʼyorlar haqida musiqa yordamida eʼlon qilishadi. Biroq hozirda shou-biznes rock-musiqani qoʻl ostiga qisman kiritgan va undan asosan mablagʻ yigʻish uchun foydalanadi. Rock nafaqat musiqiy uslub, balki falsafa hamdir. Rock-madaniyatni jamiyatning marginallari tashkil etadi.
[tahrir] Tarix
[tahrir] Havolalar
Categories: Musiqa | Rock