Tojik tili
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tojik tili - Tojikiston, O‘zbekiston, Eronning shimoliy-sharqiy qismi, Afg‘onistonning shimoliy qismi, Turkmanistonning janubiy qismi hamda Xitoyning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, dunyoda 45 million kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili forsiy tillarining pahlaviy tili bilan birikishi natijasida vujudga kelgan. Melodiy 8-9 asrlarda Yaqin Sharq va O‘rta Osiyoda fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, forsii dariy sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. Rudakiy, Firdasiy, Xayyom, Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Jomiy, Bedil dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi.
O‘zbekistonda bu til asosan Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yashovchi aholining asosiy so‘zlashuv tili hisoblanib, bundan tashqari ham ko‘pgina viloyatlarda O‘zbek tilidan keyin ikkinchi tarqalgan til sifatida e'tirof etiladi.