Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent davlat texnika universiteti - O'zbekiston oliy o'quv yurtlaridan biri.
[tahrir] Tarix
O'zbekiston Prezidentining 30 aprel 1991 yil farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 13 may 1991 yilda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi ToshPIning sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, me'morchilik fakultetlarini birlashtirib – Toshkent me'morchilik – qurilish instituti, kimyo– texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan bo'lib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika o'quv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent me'morchilik–qurilish instituti, Toshkent kimyo–texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan omon qolgan Toshkent politexnika institutining: 1) geologiya-qidiruv; 2) kon-metallurgiya; 3) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari; 4) sanoat energetikasi; 5) neft va gaz; 6)radioelektronika va avtomatika; 7) energetika fakultetlari Toshkent mashinosozlik institutining: 1) mexanika; 2) tehnologiya; 3)mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; 4) traktor va qishloq xo'jaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qo'shilib, yangi - Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.