10 sentabr
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
10 sentabr — Grigori taqvimida yilning 253-kuni (kabisa yilida 254-kun). Yil yakuniga 112 kun qoladi.
Template:SeptemberCalendar2007
Contents |
[tahrir] Bayramlar
- Xalqaro fashizmdan aziyat chekkanlar kuni.
- Xalqaro yoshlar kuni.
- Milliy Kun (Gibraltar).
- Tankchi kuni (Rossiya).
- Qidiruv kuni (Google, 1998).
[tahrir] Voqealar
- Mil. av. 587 — Bobil shohi Navuxodonosir buyrugʻiga koʻra Quddus saroyi yoqib yuborildi.
- 1172 — Misrda Abbosiylar xalifaligi yaratildi.
- 1588 — ingliz olimi va sayyohi Tomas Kavendish dunyo uzra sayohatini tamomladi.
- 1823 — Peru Kongressi Simon Bolivarni Ozod Etuvchi, deb tan oldi.
- 1835 — Olmoniyada birinchi temir yoʻl ochildi: 10 kilometrlik Nyurnberg-Fyurt marshruti.
- 1875 — Chor Rossiyasi Qoʻqonni zabt etdi.
- 1882 — Drezdenda ilk bora antisemitlar anjumani boʻli oʻtdi.
- 1885 — Rossiya va Angliya rus-afgʻon cegarasini belgilab olishdi.
- 1894 — Londonda mast holda avtomobilni boshqarganligi uchun birinchi jarima qoʻllanildi — taksi haydovchisi Jorj Smit roppa-rosa 1 funt sterling toʻlashga majbur etildi.
- 1903 — Sankt-Peterburgdagi «Znamya» gazetasida antisemit ruhdagi «Sionlik donishmandlar protokollari» chop etildi.
- 1918 — Birinchi jahon urushi atamasi paydo boʻldi (jurnalist CH. Repington).
- 1925 — birinchi qozoq milliy teatri ochildi (Qiziloʻrda).
- 1939 — Kanada Olmoniyaga urush eʼlon qildi.
- 1960 — XVII yozgi Olimpiadada (Rim) avval maʼlum boʻlmagan efiopiyalik sportchi Abebe Bikila yalangoyoq holda marafon gʻolibi boʻldi.
- 1977 — Fransiyada soʻnggi bora gilyotina orqali qatl etish qoʻllanildi: qotillikda ayblangan tunislik immigrant jazolandi.
- 1981 — Pablo Pikassoning mashhur «Gernika» surati Ispaniyaga qaytarildi (Pikasso vasiyatiga koʻra, bu rasm mamlakatda demokratiya oʻrnatilgandagina qaytarilishi mumkinligi koʻrsatilgandi).
- 1993 — «X-Files» seriali premyerasi boʻlib oʻtdi (Fox Television).
- 1998 — Sun Microsystems asoschisi Endi Bextolshaym Larri Peyj va Sergey Bringa hali mavjud boʻlmagan Google kompaniyasi uchun 100 ming dollarlik chek yozib berdi.
[tahrir] Tavallud topganlar
- 1713 — Jon Terbervill Nidxem, ingliz olimi.
- 1771 — Mungo Park, shotland afrikashunosi.
- 1828 — Avgust Vagner, rus astronomi.
- 1839 — Charlz Sanders Pirs, amerikalik faylasuf.
- 1855 — Robert Iohann Koldevey, olmon [[arxeolog]i.
- 1872 — Vladimir Arsenyev, rus yozuvchisi.
- 1892 — Artur Xolli Kompton, amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (1927).
- 1892 — Alfred Rode, olmon sanʻatshunosi.
- 1912 — Xerluf Bidstrup, daniyalik karikaturachi-rassom.
- 1914 — Robert Vayz, amerikalik rejissyor.
- 1924 — Mahmud Bedalovich Umarov, sportchi-mergan, jahon chempioni.
- 1927 — Ima Sumak, perulik qoʻshiqchi.
- 1945 — Xose Felisiano, puerto-rikolik musiqachi.
- 1950 — Jo Perri, amerikalik musiqachi (Aerosmith).
- 1955 — Larisa Dolina, rus qoʻsiqchisi.
- 1958 — Kris Kolambus, amerikalik rejissyor.
[tahrir] Vafot etganlar
son) (1892da tugʻilgan), ingliz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (1937).
- 1988 — Joakim Pedru di Andradi (Joaquim Pedro de Andrade), braziliyalik rejissyor.