Abulgʻozi Bahodirxon
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulgʻozi Bahodirxon (1603—1664) Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644 yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644 yil aprelda vafot etadi.
Abulgʻozining «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» nomli tarixiy asari hamda «Manofeʼul-inson» nomli tibbiyotga oid risolasi yetib kelgan. «Manofeʼul-inson»da 120 dan ortiq xastalik, uni davolash haqida maʼlumot berilgan.
«Shajarayi tarokima» (1661) turkman xalqi ajdodlari, «Shajarayi turk» (1663-64) oʻzbek urugʻlari haqida. «Shajarai turk» toʻqqiz bobdan iborat. Tarixiy voqealar badiiy boʻyoqlar, hayotiy lavhalar orqali tasvirlangan.
Asar sharq, rus va gʻarb olimlarining ham eʼtiborini tortgan. Qozonda bir necha marta nashr etilgan (Rumyantsev nashri, 1825; Sablukov nashri, 1854.; Demezon nashri, 1871) T.N.Demezon asarni fransuz tiliga tarjima (1871) qilgan. Asar fransuz, ingliz xalqlari orasida keng tarqalgan.
«Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlari turkman, tojik, oʻzbek, moʻgʻul xalqlari tarixini yoritishda tayanch manbalardandir. B.Ahmedov, Q.Munirov, K.Yusupov, Ya.Gʻulomov, M.Yoʻldoshev kabi olimlar Abulgʻozi maʼlumotlaridan keng foydalanishgan. A.N.Kononov, A.M.Shcherbak, S.I.Ivanov kabi tilshunos olimlar Abulgʻozi asarlariga suyanishgan. O.Sharafiddinov, M.Yunusov, V.Abdullaevlar adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etishgan.
Abulgʻozi Bahodirxon asarlarining Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida bir qancha qoʻlyozma nusxalari mavjud (inv. № 7668, 1223, 4017).
[tahrir] Nashr qilingan asarlari
- Abulgʻozi. Shajarayi turk. -T.: 1992;
- Ablugʻozi Bahodurxon. Shajarai tarokima. -T.: 1995.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Gʻulomov Ya. Xorazmning sugʻorilishi tarixi. -T.:1959;
- Xudoynazarov H. «Shajarai turk» va uning oʻrganilishi.-T.:1994;
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |