Alpomish
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qadimiy turkiy tilda yozilgan doston. 1999 yilda O'zbekistonda "Alpomish" dostonining 1000 yilligini keng nishonlandi. Bu dostonda Alpomish laqabli Hakimbek degan qo'rqmas pahlavonning amakisi (qaynotasi) bilan sevgilisi Barchinoyni yovuz Qalmoqlar yurtidan qutqarib kelishi va murod-maqsadiga yetishi juda jonli tasvirlangan. Alpomish Qalmoqlar yurtida ko'p qiyinchiliklarga, hiyla-nayranglarga duch kelib, ularni mardona yengib o'tadi. O'zining mardligi, haqqoniyligi, tantiligi tufayli Qalmoqlar yurtida ham, o'z vatanida ham adolatni qaror toptiradi. Ushbu dostonda o'zbeklarning fe'l-atvori juda mahorat bilan tasvirlangan.