Avloniy, Abdulla
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Avloniy (1874-1934) Yangi davr oʻzbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan bin, bolalar adabiyoti, oʻzbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, oʻzbek milliy pedagogikasining tamal toshini qoʻygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir.
Contents |
[tahrir] Xotira
Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avioniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olganjadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarmi savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.
Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafn etilgan.
[tahrir] Literature.uz
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi.
1904 yili Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi. Abdulla Avloniy 1914—1915 yillarda advokat Ubaydulla Xoʻjaev bilan «Sadoyi Turkiston» gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi sheʼr va maqolalarning aksariyati Avloniy qalamiga mansub.
U «Hijron» taxallusi bilan sheʼrlar yozdi. Maqolalarini esa «Mulla Abdulla», «Avloniy», «Abdulla Avloniy» nomlari bilan bosdirdi. Soʻngroq uning koʻp ishlatgan laqablaridan biri «Indamas» boʻlgan edi.
1909 yili usuli jadid maktablari taʼminoti uchun «Jamiyati xayriya» ochdi. Avloniy «Turon» jamiyati muassislaridan biri edi. Jamiyat qoshida «Turon» teatr truppasi tuzildi. Birinchi boʻlib Behbudiyning «Radarkush»i sahnalashtirildi.
[tahrir] Avloniyning Portugaliya inqilobi asari dastxati
Avloniy truppa uchun «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Biz va Siz», «Ikki sevgi», «Rortugaliya inqilobi» kabi dramalar yozdi.
Avloniy 1917 yil Fevral voqealaridan keyin «Yashasin xalq jumhuriyati!» shiori ostida «Turon» gazetasini chiqardi.
1910-yillarda u «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yohud axloq», «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar» kabi kitoblar yozdi.
[tahrir] Nashr qilingan asarlari
- Avloniy. «[[Toshkent tonggi]]». T., 1978.
- Avloniy. Oʻson millat. T., 1993.
- Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
- Avloniy. Afgʻon sayohati. Kundaliklar. «Sharq yulduzi», 1990, 7-son.
- Milliy uygʻonish. T., 1993.
- Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, «Maʼnaviyat»., T., 1998 y.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Qosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979.
- Qosimov B. Inqilobiy sheʼriyat sahifalari. T., 1977.
- Oripov Q. Alangali yillar adabiyoti., T., 1972.
[tahrir] Manbalar
xotira.freenet.uz literature.uz
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |