Boshbekov, Sharof
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharof Boshbekov Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951 yil 4 yanvarda tugʻildi. 1974 yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi «Muqimiy» musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi.
Uning «Taqdir eshigi», «Eski shahar Gavroshlari», «Temir xotin» kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, «Temir xotin» komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.
U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida «Yuzsiz», «Tilla bola», «Temir xotin», «Ma'ruf va Sharif», «Masxaraboz» kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, «Charxpalak» teleseriali mashhur boʻldi.
Sh. Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir.
«Temir xotin» asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi» unvoniga loyiq koʻrildi (1999 yil). 2001 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.
[tahrir] Asari
- Boshbekov Sh. «Eshik qoqqan kim boʻldi». T.: Adabiyot va sanʼat, 1989.
[tahrir] Adabiyotlar
- Smelyakov Yu. Sovremenniy geroy. Kto on? Jurnal «Sovremennaya dramaturgiya», 1984, #1
- Mahmudova S. «Oʻtmish va kelajak ramzlari», «Sharq yulduzi» jurnali, 1989, 5-son.
- Norboʻtayev I. «Masxaraboz», «Kino» jurnali, 1995, 1-son.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |