Franshiza
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Franshiza sug`urta shartnomasi sharti bilan kO`zda tutilgan ma`lum miqdordan oshmaydigan zararni sug`urtalovchi to`lamasligi. Franshiza sug`urtalanuvchi zararni qoplashdagi shaxsiy ishtirokining shakli bo`lib, odatda, zararlar nisbatan katta bo`lmaganda qo`llaniladi. Franshiza sug`urta mukofotining kamayishiga ta`sir etadi. Franshiza shartli (chegirib qolinmaydigan) va shartsiz (chegirib qolinadigan) turlarga bo`linadi. SHartli franshiza - agar zarar summasi franshiza summasidan oshmasa, sug`urtalanuvchi mustaqil ravishda zararni qoplaydi, agar zarar miqdori franshizadan oshsa, zarar sug`urtalanuvchi tomonidan to`la qoplab beriladi. SHartsiz franshiza - franshiza summasi har qanday holatda ham chegirib qolinadi. Franshiza sug`urta summasidan ma`lum foiz yoki summa ko`rinishida belgilanadi.