Fuqarolik mas'uliyatini sug'urtalash
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalash rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan mas`uliyatni sug`urtalash turi. Ularning ko`pchiligida FM sug`urtalash majburiyati qonunchilikda belgilangan. Uning mohiyati shundan iboratki, xavfli ob`ektlardan foydalanayotgan yoki ularni boshqarayotgan (masalan, transport vositalari) shaxs ushbu amallar sababli uchinchi shaxslarning mulki yoki hayoti va sog`lig`iga etkazgan zaralari uchun mas`ul bo`lishi shart. Qonun bo`yicha mas`uliyat ataylab qilinmagan huquqbuzarlik yoki shartnoma majburiyatlarini buzish bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin. FM sug`urtalash yoki uchinchi shaxslar oldidagi mas`uliyatni sug`urtalash eng ko`p sonli sug`urta turi bo`lib, uning barcha turlarini sanab o`tish qiyin.