Furqat, Zokirjon Xolmuhammad o`g`li
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.
Furqat 1859 yili Xoʻqand shahrida tugʻildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan.
Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir 1891 yili chet ellarga chiqib ketishga majbur boʻladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda boʻlib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turgʻun boʻlib qoladi. U 1909 yili 50 yoshida vafot etdi.
Shoir lirikasining mavzular olami juda rang-barang. Dunyoviy muhabbat, ijtimoiy-falsafiy oʻylar aks etgan, inson erki va gʻurbat ohanglari ifodalangan, diniy maʼrifatparvarlikka alohida eʼtibor qaratilgan asarlari bunga yorqin dalil.
Uning oʻz boshidan kechirganlari haqidagi «Ahvolot» (baʼzi tadqiqotlarda «Sarguzashtnoma», «Furqatnoma»), xitoy tilidagi manbalar asosida yozilgan «Qavoidi Chin va umuroti siyosiy» kabi nasriy asarlari ham bor.
[tahrir] Manbalar
- Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
- Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
- Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
- Sayohati Furqat. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1990 yil 14 dekabr.
- Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Abdugʻafurov A. Zokirjon Furqat. T., 1977.
- Rasul X. Furqat. Tanqidiy biografik ocherk. T., 1959.
- Yusupov Sh. Furqat yoʻllarida. T.: Adabiyot va sanʼat, 1984.
- Yusupov Sh. Oʻzbek maʼrifatrarvarlik adabiyoti va Furqat. T., 1992.
- Yusupov Sh. Xudoyorxon va Furqat. T.: Sharq, 1997.
- N.Jabborov. «Jahon basti kushodi ilm birla…», (Furqat hayoti va ijodining xorijda oʻrganilishi) Jahon adabiyoti, 2001, 8-son, 122—129-betlar.
- N.Jabborov. Furqat nega Furqat? Yoshlik, 2001, 5-6 son. 39-41-betlar.
- N.Jabborov, Furqat merosi va Xitoy manbalari, Sharq yulduzi. 2001, Ikkinchi fasl, 121—127-betlar.
- N.Jabborov, Furqat sheʼriyatida Qur’oni karim oyatlarining talqini. Imom al-Buxoriy saboqlari, 2000, 2-son, 138—139 betlar.
- N. Jabborov, Furqat «Tanlanma asarlar»ning Shinjong nashri xususida. Oʻzbek tili va adabiyoti, 2001, 5-son,61-64-betlar.
- N. Jabborov, Vatan ishtiyoqin tortaram. Tafakkur, 2002, 1-son, 48-57-betlar.
- N. Jabborov, Tiramohda bahor orzusi. Yoshlik, 2002, 3-son.
- N. Jabborov, Furqat istilochini maqtaganmidi? Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. 2002 yil 22 fevral.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |