Jamoat namozi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom dinining eng asosiy oʻziga xosliklaridan biri — barcha shar’iy amallarda musulmonlarning birlik-birdamligidir. Zero ajralib qolish eng yomon koʻrinishlardan boʻlib, dinimiz undan qaytaradi: «Albatta boʻri suruvdan uzoqlashgan qoʻyni eydi»,- deyiladi bir muborak hadisi sharifda.
Alloh taolo jamoatda oʻqilgan namozni yolgʻiz oʻqilgan namozdan yigirma etti daraja afzal qildi. Shuningdek kattaroq jamoatning kichikroq jamoatdan afzalligi ham maʼlumdir. Jamoatning eng kam miqdori Jum’a va Hayit namozlaridan boshqasida- ikki kishidir. Jamoat safarda ham, muqimlikda ham har bir kishiga farzi ayndir. Bunda ilgaridan mavjud boʻlgan, jamoati koʻproq va uzoqroq masjid boshqasidan afzal boʻladi. Musulmonlarning boshligʻi tomonidan tayinlangan imomi bor masjidda imomning iznisiz (agar imom juda kech qolgan boʻlmasa) oʻzgalar imomlik qilmaydi. Namozga iqomat takbiri aytilganda nafl yoki sunnat namozi oʻqilmaydi. Oʻqilayotgan paytda iqomat takbiri aytib qolinsa, agar koʻprogʻini oʻqigan boʻlsa tezroq oʻqib tugatadi, ozrogʻini oʻqigan boʻlsa jamoatdan qolmaslik uchun namozni buzadi va imom bilan farz namozini boshlaydi.
Bir rakaatga ulgurgan kishi ham jamoat namoziga ulgurgan hisoblanadi. Rakaatga esa imom bilan birga ruku' qilgandagina ulgurgan hisoblanadi. Imom ruku’da turgan holatda kelib namozga qoʻshilganda takbiri tahrima ruku' qilish uchun aytiladigan takbirning oʻrniga kifoya qiladi. Shunday boʻlsada takbiri tahrimani tik holda aytib, yana bir takbir bilan ruku’ga borgan afzal. Imom ruku’dan koʻtarilgandan soʻng namozga qoʻshilsa rakaatga ulgurmagan hisoblanadi. Lekin shunda ham kutib turmasdan zudlik bilan imomga ergashishi shart. Yuqoridagi maʼnolarga ishora qilib, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:
«Kimki rukuʼga ulgurib kelgan boʻlsa, bas u rakaatga ulguribdi».
Bu sahifaning O`zbek tili tekshirilishi kerak. |
|
Ўз |
Iltimos bu sahifaning O`zbek tilini tekshirib, hatolarni o`zgartiring, va Wikipediya: Maqolalar O`zbek tili sahifada o`zgarishlarni yo`zib qo`ying. |
Bu maqola vikifikaziya qilinishi kerak. |
|
Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang. |
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Manba:http://www.islamnuri.com