Karimov, Naim Fatihovich
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naim Karimov Oʻzbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻuldi. U 1955 yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi FA Til va adabiyot instituti bilan uzviy bogʻliq. Sal kam ellik yildan beri shu institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, boʻlib boshligʻi boʻlib ishlaydi. N. Karimov 20 asr oʻzbek adabiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Chunonchi, jadid adabiyoti, uning hur fikrli, adolatparvar vakillari Hamza, Fitrat, Choʻlpon va boshqalar ijodi haqidagi kitob, maqolalar muallifi. Matnshunos sifatida Oybekning 20, Gʻafur Gʻulomning 12, Hamid Olimjonning 10, Hamzaning 5 jildli toʻla asarlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan.
N. Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi raisi (1999 yildan beri) sifatida Toshkentda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasini bunyod etish (2001), shuningdek Qatagʻon qurbonlari muzeyini tashkil qilishda (2002) jamoatchilik ishlarini amalga oshirdi.
N. Karimov «Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi» Bosh tahrir hay’ati aʼzosi (1997), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). U Oʻzbekiston Davlat fan arbobi (1996), «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994).
[tahrir] Asarlar
- N. Karimov. Hamid Olimjon. T.: «Yosh gvardiya», 1979.
- N. Karimov. Oybek. T.: «Yosh gvardiya», 1985.
- N. Karimov. Choʻlpon. T.: «Fan», 1991.
- N. Karimov. Usmon Nosir. T.: «Sharq», 1993.
- N. Karimov. Usmon Nosirning soʻnggi kunlari. T.: «Sharq», 1994.
[tahrir] Adabiyot
- Nazarov B. Noziktaʼb adabiyotshunos. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurnali, 2002 yil, 6-son.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |