Muhammadniyoz Nishotiy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadniyoz NishotiyTaniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va «Husnu Dil» dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari «Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy», «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuai ash’or» kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni (1903) OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
Yirik asari «Husnu Dil» dostoni Buxoroda (1778) yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur boʻlib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, koʻngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, Gʻamza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-taʼlimiy gʻoyalari ifodalangan. «Qushlar munozarasi» asari ham allegorik — majoziy harakterga ega boʻlib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning oʻzaro bahsu-munozaralari orqali oʻz qarashlarini bayon etadi.
Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixoʻjaev, M.Qosimova v.b. tomonidan oʻrganilgan.
[tahrir] Nashr qilingan asarlari
- Nishotiy. Husnu Dil. Lirika. -T.: 1967.
- Nishotiy. Qushlar munozarasi. Jurn. «Guliston». −1970. № 1.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy. — T.: 1976;
- Valixoʻjaev B. Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan. — T.: 1975;
- Abdullaev V. Nishotiy. Kitobda: Saylanma. — T.: 1982.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |