Navbahor
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Navbahor-Namangan" Futbol Klubi.1980 yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida "Tekstilshik" nomi bilan to'p sura boshlagan.1992 yildan esa O'zbekiston Oliy Ligasida "Navbahor" nomi ostida ishtirok eta boshladi.Jamoa Namangan shahridagi "Navbahor" Markaziy Stadionida to'p suradi. Stadion o'z bag'riga 40 mingga yaqin muhlis sig'dira oladi. 90-yillarda "Navbahor" liganing eng kuchli jamoalaridan biri edi. Bir necha marotaba O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan "Navbahor" 1996 yilda O'zbekiston chempioni bo'ldi. Jamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Viktor Romanovich Jalilov. V.Jalilovning jamoa muvaffaqiyatida o'rni beqiyos. Shuningdek, Mustafo Bayramov,Farhod Magomedov, Dmitriy Bashkevich,Eduard Mamutov,Gennadiy Denisov,Rustam Zabirov,Oleg Shatskix,Saydullo Tursunov,Tohir Madrahimov,Shuhrat Mirxoldorshoyev,Xayrullo Karimov singari jamoada to'p surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida o'z o'rni bor. 2006 yilda klub ismi "Navbahor-Namangan" deya o'zgartirildi. Hozirgi paytda 16 O'zbekiston Oliy Ligasida to'p surayotgan klubda bosh murabbiy Eldor Sakaev.