Nurmuhammad Andalib
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurmuhammad Andalib (1711—1770) Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning «Firdavsul-iqbol», Bayoniyning «[[Shajarayi Xorazmshohiy]]» asarlarida fikrlar bor.
Andalibning turkiy devoni va bir qancha dostonlari bizgacha yetib kelgan: «Zaynul-arab», «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Oʻgʻuznoma», «Sayyid Nasimiy», «Saʼd Vaqqos» va boshqalar. Andalib asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida 1392, 1169, 1198, 1387, 7054, 299, 6759, 1103, 6973, 6998, 1155, 1188, 6993, 1918 raqamlari ostida saqlanadi.
Andalib ijodiga munosabatda uni turkman shoir degan qarash ham mavjud, uning asarlari Turkmanistonda ham mashhur. Uning ijodi X.Koʻr oʻgʻli, V.Abdullaev, B.Axundov, A.Ulugʻberdiev, G.Nazarov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
[tahrir] Nashr qilingan asarlari
- Andalib. Tanlangan asarlar. Ashxabad, 1963. (B.Axundov, A.Ulugʻberdiev nashrga tayyorlagan).
- Andalib. Yusuf va Zulayho. Ashxabad, 1973 (Geldi Nazarov nashrga tayyorlagan.)
- Oʻzbek adabiyoti. T.: 1959. 4-5-tom.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Kor-ogli. Uzbekskaya literatura. M.: Visshaya shkola, 1978.
- Oʻzbek adabiyoti tarixi. T.: Fan, 1978. B. 333—367.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |