O`zbekinvest
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kompaniya haqida «O‘zbekinvest» eksport-import Milliy sug‘urta kompaniyasi bir vaqtning o`zida eksport shartnomalarini va tijorat banklarining kreditlarini sug`urtalash bo`yicha davlat agentligi vazifasini bajaruvchi ko`p tarmoqli sug‘urta kompaniyasidir.
O`zbekistonda moliya tizimining barqaror shaklanib borishi va xalqaro amaliyotda foydalaniladigan moliyaviy yo`qotishlardan ishonchli himoya qilish dastaklarini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlaridan biri 1994 yilda «O`zbekinvest» Milliy sug`urta kompaniyasining tashkil etilishi va keyinchalik 1997 yilda Prezidentning 18.02.1997 y. 1710-sonli Farmoniga muvofiq «O`zbekinvest» eksport-import Milliy sug`urta kompaniyasi etib qayta tashkil etilishi bo`ldi. «O`zbekinvest» umumiy sug`urtaning respublikada mavjud barcha klasslari bo`yicha faoliyat yuritish uchun 00001-SF va 00045-SF sonli Litsenziyalarni oldi.
Nizom jamg`armamiz: $60 mln.
ta`sischilar:
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - $50 mln.
O`zbekiston Respublika TIF Milliy banki - $10 mln.
Xorijiy investorlar va milliy eksportchilarni investitsiya va tadbirkorlik faoliyati jarayonida yuzaga kelgan ko`zda tutilmagan qaltisliklardan ishonchli sug`urta kafolatlari bilan ta`minlash vazifasi «O`zbekinvest» oldiga respublika Hukumati tomonidan qo`yilgan asosiy vazifadir va uni hal etish quyidagilarni nazarda tutadi:
• xorijiy hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarishiga to`sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklardan chet eldagi milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini kompleks sug`urta himoyasi bilan ta`minlash;
• eksport kreditlarining xalqaro tamoyillarga binoan texnologiya, tovar va xizmatlarni eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratadigan O`zbekiston Respublikasining rezident tijorat banklariga sug`urta kafodlatlarini taqdim etish;
• texnologiya, tovar va xizmatlar xalqaro bozorlarining rivojlanish istiqbollari va holatini kompleks marketing tahlilini tashkil etish, milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini o`rganish va texnologiya, tovar va xizmatlarni xalqaro bozorlarda taqdim etish strategiyasini ishlab chiqish;
• O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kapital qo`yilmalarni amalga oshirayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks sug`urta himoyasi bilan ta`minlash.
Ko`p ukladli iqtisodiyotni va butun bozor infratuzilmasini shakllantirilishi, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtrish va rivojlantirilishi, respublika sug`urta xizmatlari bozorida iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi kabi umumdavlat tamoyillaridan kelib chiqqan holda, «O`zbekinvest» kompaniyasi o`z mijozlariga: investorning O`zbekiston bozoriga kirib kelishidan tortib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishining barcha bosqichlarida va milliy eksportchining mahsuloti tashqi bozorga chiqquniga qadar ishonchli sug`urta kafolatlarini taqdim etishda kompleks yondashuvni ta`minlaydi. Davlat moliyaviy tizimini rivojlantirish va milliy sug`urta bozorining oyoqqa turishi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oqimida, «O`zbekinvest» sug`urta sanoatining etakchisi bo`lib va tuzilmaviy bo`linmalarni, siyosiy qaltisliklarni sug`urtalash bo`yicha qo`shma kompaniyani, ixtisoslashgan sho`ba korxonalarni o`z ichiga olgan shakllangan infratuzilmaga ega bo`lib, o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Kompaniya maqsad va vazifalari – respublika investitsiya iqlimini yaxshilashga ko`maklashish, O`zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va turli qaltisliklardan milliy eksportchilar va xorijiy investorlarning manfaatlariga ishonchli sug`urta himoyasini taqdim etish yo`li bilan eksportning o`sishini rag`batlantirishdan iborat.
Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb