Oʻzbekiston Adolat Partiyasi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (Adolat) 1995 yil fevral oyida tuzilgan. O`zbekistonning 147 shahar va tumanlarida hududiy tashkilotlari mavjud. Aʼzolarining soni 35 mingdan ortiq.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi:
- xuquqiy demokratik davlat qurish;
- mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;
- Vatanga sodiq xizmat qilish;
- adolatli fuqaroviy jamiyat qurish;
- siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qoʻshish.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 47 ovozga (1998 yilga) ega boʻlib, ular partiyaning parlamentdagi fraktsiyasini tashkil etadi.
Partiyaning nashri — «Adolat» gazetasi.
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |