Oʻzbekiston Kamolot Yoshlar Ijtimoiy Harakati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 yanvar kuni yoshlar masalalari boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Prezidentining kiritgan takliflariga asosan «Kamolot» yoshlar jamgʻarmasi asosida tashkil etildi. Harakatning taʼsis qurultoyi 25 aprel kuni boʻlib oʻtdi.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga koʻmaklashish maqsadida muntazam ravishda yoshlarning xuquqiy bilimini oshirib borish;
- barkamol avlod tarbiyalash soxasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish, bu borada turli davlat va jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
- yoshlarning kuch-gʻayratini, intellektual salohiyati, kasb malakasini Vatan ravnaqi uchun yoʻnaltirish;
- xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan oʻzaro foydali aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
- yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli illatlarga qarshi kurashda Harakatning tasirchan kuchga aylanishiga erishish;
- millatlararo totuvlik va doʻstlikni yanada mustahkamlashga xissa qoʻshish;
- yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish, tadbirkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularda bozor iqtisodiyoti koʻnikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik tuygʻusini shakllantirish;
- yoshlarni ish bilan taʼminlashda s?shimcha imkoniyatlar yaratish, shu yoʻl bilan yangicha fikrlaydigan mulkdorlarni shakllantirish va ularni «Kamolot» tayanadigan ijtimoiy kuch boʻlishiga erishish.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining shiori — «Vatan menga nima berdi deb emas, men oʻzim xalqim, Vatanim uchun nima qilmoqdaman», deb yashash kerak.
Nashlari: «Turkiston» va «Молодёжь Узбекистана» gazetalari.
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |