Oʻzbekiston tarixi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1.Qadimgi tarix-sivilizatsiyaning boshlanishi. Viroqli tog`lar qoyalarda asrlar davomida qorlar erimaydi, tog` jilg`alaridan toshqin daryolar tug`iladi. Bepoyonsiz sahro va cho`llarda badanlarni yondiruvchi qum bo`roni, karvon yo`llari kesishgan joylarda turli mamlakat odamlari to`planishar, qizg`in savdo-sotiq ishlari olib borilgan. Yurtimizning ziroatkor vohalarida asirlar davomida bog`lar gullarga cho`Mardi.Bitik manbalar bahodir Mardi-maydonlar haqida ilhom bilan so`zlaydi. 24 million aholisi bo`lgan ona diyorimiz O`zbekistonda xozirgi kunda turli millatlar yashaydi. Respublikamiz tarixini o`rganar ekansiz, Siz o`zbek xalqining jahon tarixiga ko`rsatgan ta`siri va kurrai zamin xalqlari sezirarli hissa qo`shganining guvohi bo`lasiz. Ajdodlarimiz an`analari va orzu-umidlari ro`yobga chiqmoqda. 1991 yilning 31 avgusti. O'shanda Vatanimiz tarixida unutulmas voqea sodir bo`ldi-O`zbekiston o`z mustaqilligini e`lon qildi. 1sentabr O`zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni deb e`lon qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Vatanimizning "Davlat bayrog`I to`g`risida" Qonun, 1992 yil 2 iyulda "Davlat gerbi to`g`risida" Qonun qabul qilindi. 1991 yil 29 dekabr kuni Islom Abdug`anievich Karimov mustaqil O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti etib saylandi. 1992 yilning 8dekabrida davlatimiz Konstitutsiyasi, 10 dekabrida "Davlat madhiyasi to`g`risida" Qonun qabul qilindi. Bular mustaqil Vatanimizning dastlabki odimlari edi. O`lkamizning eng qadimgi tarixini olimlar asosan yozma manbalar asosida o`rganishgan. Yozma manbalar olimlarimizga ancha qulaylik tug`diradi. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi manba zardushiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda yurtimizning tarixiy viloyatlari, ajdodlarimizning madaniyat tarixi o`z ifodasini topgan. Qadimgi davir tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyalari yozuvaridir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug`iga ko`ra qoyaga o`yib yozilgan uch tilda-qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yozuvlarda u zabt etgan mamlakatlar va xalqlar, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi Xorazim, So`g`diyona, Baqtriya viloyatlari bilan birga sak qabilalari sanab o`tilgan. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Geradod turli mamlakatlarga sayohat qilib, to`qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarini yozadi. Unda o`lkamizning qadimgi aholisi to`grisida batavsil ma`lumot berilgan. Yurtimiz tarixi haqida ayrim ma`lumotlar yunontarixshunoslari Ksenofont va Ktesiy asarlarida ham o`z aksini topgan. (miloddan avvalgi V-IV asrlar) Miloddan avvalgi I asr oxirlarida o`tgan qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon" Geografiya" degan asarida ko`plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealari haqida ma`lumotlar keltirgan. Miloddan avvalgi II asr oxiri-I asr boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sima Tszyan Xitoy tarixiga doir "Tarixiy yilnomalar" degan asarini yozgan. U yurtimizning qadimgi aholisi va davlatlari to`g`risida ham ma`lumot bergan. Miloddning I asrida o`tgan qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf "Buyuk Aleksandr tarixi" degan asar yozgan.Makedoniyalik Iskandarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari haqida ma`lumotlarni milodning II asrida yashagan yunon tarixchisi Arrian ancha to`ldiradi. U "Iskandarning harbiy yurushlari" degan asarini yozgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning yozuvlari miloddan avvalgi V-IV asrlardan boshlab yaratilgan, deyishga asos bor. Ayrim kam sonli topilmalar, qadimgi Xorazm sopol idishlari sirtida yozuvlar mahalliy yozuv o`sha asrlardan boshlab bo`lganligini ko`rsatadi. So`g`d yozuvi esa miloddan oldingi III-II asrlarda shakillangan edi. O`zbekiston hududida miloddan avvalgi I asrlarga va milodning birinchi asrlariga oid ko`plab tangalar topilgan. Sizga malum O`zbekiston Amudaryo va Sirdaryo oralig`I, Farg`ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo vohasi baland tog`lar etagigacha bo`lgan hududlarni egallaydi. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Kichik Osiyo shaharlarida yashab o`tgan yunonlar yurtimizning aholisi, viloyatlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lgan. Yuzma manbalarda O`zbekistonning ayrim viloyatlari "ming shahar o`lkasi", "baland bayroqli go`zal davlat", "quyush o`lkasi", kabi nomlar bilan mashhurdir. Rimlik tarixchi Pompey Trog baqtriyaliklar misirliklar bilan bahslasha oladilar deb xabar qilgan. Miloddan avvalgi 3-2 mingyilliklarda O`zbekiston aholisi bilan Qadimgi Sharq qabilalari keng madaniy aloqalar boshlangan. Miloddan avvalgi I-IV asrlardan boshlab Zarafshon va Qashqadaryo bohalarida yaratilgan madaniyat so`g`dlarning yangi yerlarini o`zlashtirish faoliyati va so`g`d savdogarlarning Buyuk Ipak yo`lidagi harakatlari bilan bog`langan. Shuning uchun ham so`gd tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mug`iliston tuprog`ida topib tekshirilgan. Tarix fani alohida insonlarning kelib chiqishi, qarindoshlik aloqalari, bir olia ajdodlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Tarixning bunday sohasi genealogiya (shajara) deb ataladi.