Oybek
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oybek (1905—1968) Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tugʻilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. «Bolalik xotiralarim» (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabogʻi, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
Contents |
[tahrir] Oybek. Toʻplam
1922 yildan unrining oxirigacha Oybek sheʼr, dostonlar yozdi. «Onamning mozorida» (1924), «Ovchiga» (1924), «Yoshlik xotiralaridan» (1925), «Gunafsha» (1927) singari sheʼrlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. «Fanga yurish» (1930), «Fikr» (1931), «Tansiq» (1935), «Dala yoʻlida» (1935), «Qishloq qizi student» (1933), «Brigadir ayol» (1935) singari sheʼrlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir «Dilbar — davr qizi» (1932), «Oʻch» (1932), «Navoiy» (1947), «Qizlar» (1947), «Davrim jarohati» (1965) singari poemalar yozgan.
[tahrir] Oybek. 1-tom.
Oybek poemalarining qahramonlari «Qutlugʻ qon» (1940), «Navoiy» (1944), «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) singari romanlariga ham oʻtgan. «Quyosh qoraymas» (1954), «Ulugʻ yoʻl» (1963), «Nur qidirib» (1955), «Bola Alisher» (1967) — Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi.
[tahrir] Oybek. Navoiy
Oybek 1943 yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Olim «Adabiyot qoidalari haqida» (1926), «Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli» (1936), «Tanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi oʻt ochaylik» (1939), «Muqimiy asarlarida sotsial tiplar» (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi.
U «Evgeniy Onegin», «Sosunlik Dovud» kabi asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qildi.
Oybek 1968 yilning 1 iyulida vafot etgan, Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
[tahrir] Asarlari
- Mukammal asarlar toʻplami. 20 jildlik. Toshkent, «Fan», 1990—1995.
[tahrir] Oybek ijodi haqida
- Yoqubov H. Adibning mahorati. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1966.
- Qoʻshjonov M. Oybek mahorati. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.
- Karimov N. Oybek. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985.
- Saidnosirova Z. Oybegim mening. T.: Sharq, 1994.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |