Qosimov, Begali
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Begali Qosimov (1942—2004) Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942 yil 19 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958—1963 yillarda talaba, 1963—1968 yillarda aspirant, 1966 yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
1968 yili «Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti» mavzuidagi nomzodlik, 1984 yili «XX asr boshi oʻzbek poeziyasi (inqilobiy she'riyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905—1917» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
B. Qosimov oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi.
U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik masalalarini mufassal oʻrgandi va oʻrganmoqda. Turkiya Otaturk kultur markazi faxriy aʼzosi, Turkiya Otaturk Arashtirma markazi muxbir aʼzosi (1998). Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik «Turk dunyosi adabiyoti» nashrining oʻzbek adabiyoti boʻyicha mutasaddisi.
B. Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), oʻndan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Oʻzbekiston Milliy universiteti Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993), mudiri. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan.
[tahrir] Asarlari
- Mirmuhsin Shermuhamedov. T.: «Bilim» jamiyati, 1967.
- Abdulla Avloniy. T.: Oʻqituvchi, 1979.
- Izlay-izlay topganim. T.: Adabiyot va sanʼat, 1983.
- Salom, kelajak. T.: Adabiyot va sanʼat, 1986.
- Maʼrifat dargʻalari. T.: Oʻqituvchi, 1990.
- Revolyusiya i literature. T.: Fan, 1991.
- Ismoilbek Gaspirali. T.: Adabiyot va sanʼat, 1992.
- Maslakdoshlar (Behbudiy, Ajziy, Fitrat). T.: Sharq, 1994.
- Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik. T.: Maʼnaviyat, 2002.
[tahrir] Matnshunoslik ishlari
- Navoiyning nigohi tushgan… (Navoiy antologiyasi). T.: Adabiyot va sanʼat, 1987.
- Tavallo. Ravnaqul islom. T.: Fan, 1993.
- Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1997(1-nashr), 1999 (2-nashr).
- Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. I—II jildlar. T.: Maʼnaviyat, 1998.
- Sidqiy-Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1998.
- Ibrat, Ajziy, Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1999.
- Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 2002.
[tahrir] Adabiyotlar
- Begali Qosimov. Bibliografik koʻrsatkich. T.: Universitet, 2002.
- Oripov A., Sharafiddinov O. Izlagan olim boʻladi. //Vatan, 1992 yil 13-son.
- Sevgi Ahmat. Toshkent davlet universiteti ozbek tili ve adabiyati ogretim uyesi prof. Dr. Begali Kasimov ile bir chay sohbeti. //Cagri kultur sanat bilim dergisi 1998 ocak, 42-y, 458-son. 9-11 B. Turkiya.
- Minnegulov X. Stranitsa bratstva. //Vechernyaya Kazan, 1986 yil 7 yanvar.
- Zaynullin Jamil. Boringi duslik ezlarennan. //Kazan oʻtlari, 1989, 11-son.
- Nagaev S. Nesillerning devamiyligi uzyulmeyjek. //Yangi dunyo (Qrim), 1993, 12 mart.
- Yoʻldoshev Q. Olimning olami. //Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002 yil 23 avgust.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |