Shakuriy, Abduqodir
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ABDUQODIR SHAKURIY (1875-1943)
Ma'rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875-yilda Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon oila sida tug`ildi.
Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga о'qishga kirdi. Shukuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va о'qitish usullari bilan tanishadi. Shundan muallimda о'z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi qilardi.
Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko`rgan va о'zi orzu qilgan yangi о'qitish usullari Rossiya joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.
Shakuriy do`stlari yordamida Qo`qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi о'qitish usullari l ishadi. Samarqandga qaytib kelgach, о'z qishlog`i Rajabaminda 1901-yilning kuzida birinchi yangi usu] ktabni tashkil qiladi. Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, 0'rta Osiyodagi boshqa maktablarga kishilar qatini jalb etdi.
Shakuriy faqat о'qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, U о'z maktabi uchun darsliklar uchun о'z mablag`lari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning "Rahnamoyi savod" ("Savod chiqi llanmasi") deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan. Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda о'zi rahbarligida raf allimalik qilgan. Keyinchalik о'g`il va qiz bolalar guruhini birlashtirib о'qita boshlagan. 1921-yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, о'qitishga g`ayrat bilan kirishdi, ko`р yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot о'qituvchilarida ishladi. 1925-yilda А.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi о'z mablag`lari hisobiga to`rt sinfli yangi nu ib ishga tushiradi. Abduqodir Shakuriy 1943-yilda vafot etadi.
Bu maqola vikifikaziya qilinishi kerak. |
|
Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang. |