Shayboniy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayboniy (1451—1510). Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, «hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon» (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan.
Buxoroda tugʻilgan, mashhur hukmdor Abulxayrxonning nabirasi. Mirzo Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimga uylangan. 1501—1507 yillarda Turkistonda Markazlashgan davlat qurdi. Poytaxtni Samarqanddan Buxoroga koʻchirib, saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. U haqda «Tarixi gizida yoki Nusratnoma», Binoiyning «Shayboniynoma», Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Muhammad Haydarning «Shayboniynoma» va «Boburnoma» asarlarida maʼlumotlar bor. Alisher Navoiy ham oʻzining «Majolisun-nafois» asarida shoir asarlari haqida maʼlumot beradi.
«Devon» tartib bergan, u Istanbulda Tirqori saroyi muzeyida saqlanadi, undan koʻchirilgan nusxa OʻzMU Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud.
Shoir ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F.Koʻprulu, Y.Ekman, O.Akbiyik, Yo.Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E.Axmadxoʻjaev va I.Bekjon uning «Bahrul-hudo» nomli qasidasini topishdi. Aspirant Sharipova M. «Shayboniy gʻazallari poetikasi» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi (ilm.rahbar prof. H.Boltaboev) tayyorlamoqda.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
- Fitrat. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
- A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |