Siddiqiy Ajziy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siddiqiy Ajziy (1864—1927) Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgan.
U 1890-yillarning oxirida Makkaga boradi. 1900 yilda Rusiyaning Jiddadagi elchixonasida tarjimonlik qilgan. Shoir 1901 yilda ona yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab ochadi…
U keng ommani maʼrifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni oʻz ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi.
Siddiqiy 1919 yilda Samarqand viloyati adliya boʻlimi mudirining oʻrinbosari, keyinroq esa boʻlim mudiri boʻlib ishladi.
S. Ajziyning 1903 yilda Halvoyida ochgan maktab binosi 1922 yilda yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 1927 yilda esa vafot etdi.
Shoir adabiy merosi professor B. Qosimov tomonidan toʻplab, nashr qilingan. «Ayn ul-adab» («Odob koʻzi», Samarqand, 1916, oʻzbekcha), «Ganjinai hikmat» («Hikmat xazinasi», Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) sheʼriy toʻplamlari, «Mir’oti ibrat», «Anjumani arvoh» kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol «Shinel»i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi.
Sheʼrlari Kavkazda «Mulla Nasriddin», «Dirilik» jurnallarida bosilgan.
[tahrir] Nashr qilingan adabiyotlar
- Siddiqiy-Ajziy. Tanlangan asarlar. T., 1973.
- Ajziy. Mir’oti ibrat. Toʻplamda: Milliy uygʻonish. T., 1993, 96-107 betlar.
- Ibrat, Ajziy, Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1999.
[tahrir] Ilmiy adabiyotlar
- Vadud Mahmud. Turk shoiri Ajziy. Milliy uygʻonish. Toʻplam. 1993.
- Tursunqul (Rahim Hoshim). Siddiqiy toʻgʻrisida mulohazalar. Yuqoridagi toʻplam, 86-95 betlar.
- Qosimov B. Maslakdoshlar (Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy, Fitrat). T., 1994.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |