Soʻfi Ollohyor
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soʻfi Ollohyor (1644—1721) Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo viloyatining Vaxshivor qishlog'ida vafot etadi. Qabri oʻsha yerda.
Soʻfi Ollohyorning «Maslakul-muttaqiyn» («Taqvodorlar maslagi»), «Sabotul-ojizin», «Maxzanul-muteʼin» («Muteʼlar xazinasi»), «Murodul-orifin» asarlari mavjud. «Bayozi alamkash»da 73 sheʼri bor.
Soʻfi Ollohyorning mashhur asari «Sabotul-ojizin» boʻlib, Saudiya Arabistonii, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik Soʻfi Ollohyorning oʻzi uni oʻzbek tiliga sheʼriy uslubda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq «Sabotul-ojizin» asarining tuzilishi ham oʻziga xos.
«Maslakul-muttaqiyn» asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qoʻli (tarmogʻi)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.
Soʻfi Ollohyor ijodi va taʼlimoti F.Mayer, Yu.Raul, A.Kyugelgen, D.DiUis kabi xorijiy olimlar, V.Abdullaev, Sh.Sirojiddinov, I.Suvonqulov, M.Mahmudov, N.Allayorova tomonidan oʻrganilgan.
[tahrir] Nashr qilingan asarlari
- Soʻfi Ollohyor. Sabotul-ojizin. -T.: 1991;
- Soʻfi Ollohyor. Lutf aylab…(lirika) -Samarqand: 2000;
- Risolai aziza («Sabotal-ojizin sharhi»). — T.: 2000.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Suvonqulov I. Soʻfi Ollohyor. — T.: Fan, 1995.
- Sirojiddinov Sh. Soʻfi Ollohyor ilohiyoti. -T.: 2001;
- Suvonqulov I. Soʻfi Ollohyor va uning adabiy anʼanalari. Avtoref. dokt. diss. -T.:1997;
- M.Mahmudov. Bahouddin Naqshband va Soʻfiy Ollohyor. Kitobda: Ahli dil. — T.: Oʻqituvchi, 1997;
- Allayorova N. «Sabotul-ojizin» asarining maʼrifiy yoʻnalishi va badiiyati. — Samarqand: 2002;
- Adizova I. Boqiylik saodati. -T.: 1997.
- Sarıca, B. Sufi Allahyar'ın Fevzü'n-Necatʼı(İnceleme-Metin-Sözlük),YYÜ.Doktora Tezi,Van 1996
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |