Yoqubov, Odil
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻistonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951—1956 yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. «Literaturnaya gazeta»ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, «Oʻzbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.
[tahrir] Odil Yoqubov. Ulugʻbek hazinasi
O. Yoqubovning «Tengdoshlar» nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi «Muqaddas», «Tilla uzuk», «Bir feleton qissasi», «Larza», «Qanot juft boʻladi», «Matluba», «Izlayman», «Billur qandillar» kabi pishiq qissalar eʼlon qildi.
O. Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa...», «Ulugʻbek xazinasi», «Diyonat», «Koʻhna dunyo», «Oq qushlar, oppoq qushlar», «Adolat manzili» asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. O. Yoqubov qalamiga mansub «Chin muhabbat», «Olma gullaganda», «Yurak yonmogʻi kerak», «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim», «Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri», «Bir koshona sirlari» kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.
[tahrir] Asarlari
- O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985—1987.
- O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978.
[tahrir] Adabiyotlar
- Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.
- Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: «Yozuvchi», 2000.
- Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «Oʻqituvchi», 1999.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |