Yusupov, Shukrullo
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi — Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli emchi boʻlgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan.
Contents |
[tahrir] Shukrullo
Mahalladagi «Shayx Sadiy» maktabini tugatib, 3-son pedbilim yurtida oʻqiydi. Oʻqishni tugatgach (1938), Qoraqalpogʻistonda oʻqituvchilik qiladi. 1938 yilda Toshkent pedinstitutiga kiradi, oʻqishni 1944 yilda tamomlab, shu yil SAGUning chet el adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha aspiranturasiga kiradi. 1946 yilda Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinadi va shu yerda ishlay boshlaydi. U ilm yoʻlini emas, badiiy ijod yoʻlini tanlaydi. 16 yoshidan sheʼr yozishni mashq qilgan boʻlsa-da, ilk toʻplami 1949 yilda bosildi.
[tahrir] Shukrullo. Javohirot sandigʻi
1958 yilda bir jildlik, 1973 yilda 2 jildlik, 1981 yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997 yilda «Oʻgʻrini qaroqchi urdi» dramalar toʻplami chop etildi. 1991 yilda rus tilida (Moskvada) «Krik dushi» p’esalar toʻplami bosildi.
Shukrullo nasrda ham barakali ijod qildi. 1977 yilda «Javohirlar sandigʻI» badia-kitobi, 1991 yilda «Kafansiz koʻmilganlar», 1999 yilda «Tirik ruhlar», 2002 yilda «Ogʻir kunlar sevinchi» qissa va romanlari nashr etildi. Uning asarlari rus, nemis, qozoq, turk, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan.
[tahrir] Shurullo. Umrboqiylik.
Shukqullo «Xatarli yoʻl», «Tabassu oʻgʻrilari», «Unsiz faryod», «Toʻydan keyin tomosha», «Janjal», «Oʻgʻrini qaroqchi urdi» singari sheʼriy, nasriy dramalar, «Asr boshi», «Koʻngil chirogʻi», «Rossiya» kabi dostonlar muallifi. Shukrulloga «Oʻzbekiston xalq shoiri» unvoni, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan.
[tahrir] Asarlari
- Shukrullo. Kafansiz koʻmilganlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991.
- Shukrullo. Tirik ruhlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼatnashriyoti, 1999.
- Shukrullo. Izbranniye stixotvoreniya. Moskva. «Xudojestvennaya literatura», 1987.
[tahrir] Adabiyotlar
- Rahimjonov Nuʼmon. Shoir va davr. Monografiya. T.: «Fan», 1983.
- Umrboqiylik (Shukrullo hayoti va ijodi haqidagi maqolalar toʻplami). T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2002
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |