O'rta Osiyo
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'rta Osiyo (eski nomi Turkiston): 1) Jo'g'rofiy ma'noda Markaziy Osiyoning SSSR tarkibiga kirgan qismi. Unga Ustyurt platosi, Turon pasttekisligi, To'rg'ay platosi, Qozog'iston va qisman Kopetdog', Pomir, Tyan-Shan tog'lari kiradi. 2) Siyosiy-ma'muriy ma'noda O'zbekiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston (ba'zida Qozog'iston ham qo'shiladi) davlatlari maydoni.