9 sentabr
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
9 sentabr — Grigori taqvimida yilning 252-kuni (kabisa yilida 253-kun). Yil yakuniga 113 kun qoladi.
Template:SeptemberCalendar2007
Contents |
[tahrir] Bayramlar
- Xalqaro goʻzallik kuni.
- Mustaqillik kuni (Tojikiston, 1991).
[tahrir] Voqealar
- 337 — Rim imperiyasi Konstantinning uch oʻgʻli oʻrtasida boʻlishib olindi.
- 1513 — Floddendagi jangda Shotlandiya ingliz qoʻshinlaridan yengildi.
- 1570 — Turkiya Nikosiyani fath etdi.
- 1776 — Amerika Birlashgan Koloniyalari nomi Amerika Qoʻshma Shtatlariga oʻzgartirildi.
- 1825 — Lyudvig van Betxovenning soʻnggi konserti.
- 1835 — Fransiyada matbuot senzurasi kuchga kirdi.
- 1850 — Kaliforniya AQSHning 31-stati boʻldi.
- 1892 — Yupiter yoʻldoshi Amalteya kashf etildi (Barnard, AQSH).
- 1893 — «Shtutgart» futbol klubi tuzildi (Olmoniya).
- 1911 — Angliyada aviapochta ishga tushdi.
- 1926 — NBC telekompaniyasiga asos solindi (AQSH).
- 1932 — Isoan hukumati Kataloniyaga muxtoriyat huquqlarini berdi.
- 1956 — Elvis Presli ilk bora televideniyeda chiqish qildi.
- 1969 — Kanadada ingliz va fransuz tillarini butun mamlakat hududida davlat tili sifatida koʻrilishini talab qiluvchi akt kuchga kirdi.
- 1984 — Rim Papasi ilk bora Kanadaga tashrif buyurdi (Ioann Pavell II.
- 1991 — SSJI Tashqi Ishlar Vazirligi tarqalib ketdi.
- 1991 — Tojikiston mustaqillikka erishdi.
- 2001 — Grinvich vaqti boʻyicha soat 01:46:40 Unix davrining milliardinchi soniyasi boʻldi. Unix tizimlari ichki vaqtni 1970 yil 1 avgustdan beri sanab keladi.
[tahrir] Tavallud topganlar
- 214 — Avrelian (214—275), Rim imperatori (270—275).
- 1585 — Arman Jan du Plessi Rishelye farang kardinali va gertsogi.
- 1697 — Fridrix Mayer olmon matematigi.
- 1737 — Luiji Galvani italyan fizigi.
- 1769 — Ivan Kotlyarevskiy, ukrain shoiri.
- 1822 — Jak Bress, farang matematigi.
- 1828 — Lev Tolstoy, rus yozivchisi.
- 1864 — Dmitriy Ivanovskiy, rus biologi.
- 1899 — Aleksandr Nesmeyanov, rus kimyogari.
- 1908 — Chezare Paveze, italyan yozuvchisi.
- 1916 — Kirk Duglas, amerikalik aktyor.
- 1918 — Boris Zaxoder, rus shoiri.
- 1922 — Hans Jorj Demelt, amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (1989).
- 1923 — Deniel Karlton Hayduzek, amerikalik pediatr, Nobel mukofoti sovrindori (1976).
- 1930 — Nadejda Rumyanseva, rus aktrisasi.
- 1931 — Zoltan Latinovich, venger aktyori.
- 1935 — Xaim Topol, isroillik aktyor.
- 1939 — Jorj Lazenbi, avstraliyalik aktyor.
- 1946 — Billi Preston, amerikalik rok-musiqachi.
- 1951 — Maykl Kiton, amerikalik aktyor.
- 1952 — Deyv Styuart, ingliz musiqachisi.
- 1960 — Hyu Grant, ingliz aktyori.
[tahrir] Vafot etganlar
- 276 — Florian, Rim imperatori.
- 1087 — Vilgelm I Fotih, Angliya qiroli.
- 1513 — Iakov IV, Sotlandiya qiroli.
- 1898 — Stefan Mallarme, farang shoiri.
- 1901 — Anri Tuluz-Lotrek, farang musavviri.
- 1945 — Zinaida Gippius, rus yozuvchisi.
- 1948 — Ferdinand I Koburglik, bulgʻor knyazi.
- 1956 — Nikolay Vilinskiy (1888da tugʻilgan), shoʻro bastakori.
- 1976 — Mao Sze Dun, Xitoy rahbari.
- 1981 — Jak Lakan (Jacques Lacan) (1901da tugʻilgan), farang ruhshunosi.
- 1995 — Reynxard Ferrer, olmon fazogiri.