Mahmud Qoshgʻariy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. «Devonu lugʻotit-turk» asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. «Devon»da tilga olingan «Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki» («Turkiy tillarning nahv qoidalari») asari bizgacha etib kelmagan.
Izohli lugʻat tarzida tuzilgan asar muqaddimasida turk tilining grammatikasi (arab tilida) ilmiy asosda yoritilgan. Asarda 9-10 asrlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi, madaniyati, mavqei va odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Jumladan, oʻgʻuzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar tarixi alohida yoritilgan.
«Devonu lugʻotit-turk» adabiy manba sifatida turk qavmlari tomonidan yaratilgan qoʻshiq, maqol, matal va hikmatli soʻzlarni ham jamlagan, u parchalar qadimgi turkiy adabiyotda lirik va epik janrning rivojidan dalolat beradi. Keltirilgan adabiy parchalar mehnat, yor tavsifi, qahramonlik, ezgulikka daʼvat, vatanparvarlik mavzularida, ayrimlari xalq ogʻzidan yozib olingan. Devonda ayrim shoirlarning nomlari (mas. Choʻchu) uchraydi.
Oʻzbekistonda asar izoh va tarjimalari bilan toʻla nashr etilgan, u haqda Fitrat, S.Mutallibov, Gʻ.Abdurahmonov, E.Umarov ishlari eʼlon qilingan.
[tahrir] Nashr qilingan manbalar
Mahmud Qoshgʻariy. Devonu lugʻotit-turk (nashr, tarjima va izohlar muallifi S.Mutallibov). — T.: 1960-63;
Abdurauf Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. — T.:1927.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
Devonu lugʻotit turk. Indeks-lugʻat. Gʻ. Abdurahmonov, S. Mutallibov tahriri ostida. — T.: Fan, 1967; A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — Toshkent, 1971;
I.V. Stebleva. Stixotvornie formi XI veka. — M.: 1971.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |