Rashidov, Sharof Rashidovich
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharof Rashidovich Rashidov (6 noyabr (24 oktabr e.h. boʻyicha ) 1917 — 31 oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939 yildan KPSS aʼzosi.
Contents |
[tahrir] Rashidov siyosatga qadar
Sharof Rashidov Oktabr revolyutsiyasidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoaga kelgan.
Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan 1935 yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937-41 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yoʻli» gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.
1941-42 yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. Oʻzbekistonga sovet-german frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943-44 yillarda «Lenin yoʻli» gazetasida muharrir. 1944-47 yillarda Oʻzbekiston KP (b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947-49 yillarda «Qizil O`zbekiston» respublika gazetasida maʼsul muharrir.
[tahrir] Rashidov siyosiy arbob sifatida
1949-50 yillarda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950-59 yillarda O`zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi o'rinbosari. 1959 yil mart oyidan O`zbekiston KP MK birinchi kotibi. KPSS 19-24- s'ezdlari delegati; 1956 yildan MK a'zoligiga nomzod, 1961 yildan KPSS MK a'zosi; 1961 yildan MK Prezidiumi a'zoligiga nomzod, 1966 yil aprelidan KPSS MK Siyosiybyurosi a'zoligiga nomzod. 3-10-chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati; 1970 yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi a'zosi.
Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.
[tahrir] Rashidov yozuvchi sifatida
1945 yili Sharof Rashidovning — «Mening nafratim» nomli ilk sheʼriy toʻlami nashrdan chiqdi. «Gʻoliblar» povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; huddi shu mavzu «Kuchli boʻrnlar» romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan «Buyuk toʻlqin» romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushidda koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. «Kashmir qoʻshigʻi» romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950 yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat «Tarix kelishuvi» nomli toʻplami, 1967 yili «Doʻstlik ramzi» nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan.
[tahrir] Paxta ishi
Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korruptsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi.
Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati "qoʻshib yozish" (Sovet Ittifoqida raqamlarning suniy oʻsishi oddiy xol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Hozir biz shuni tahmin qilishimiz mumkinki, oʻsha "qoʻshib yozishlar" 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi.
Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos "o'zbek ishi" degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Gdlyan va Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Ommaviy qamoqqa olishlar orasida shunday holatlat bor ediki, oddiy kolxoz raisi oltinlarga toʻldirilgan xonalarga ega edi...
Bugungi kun kun nuqtai nazari bilan qaraganda, prokuror Gdlyanning fikrlari toʻgʻriga oʻxshab tuyuladi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. "Oʻzbek ishi" natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi.
Hozirgi kunda mustaqil Oʻzbekistonda Sharof Rashidovning nomi hurmat-eʼtibor bilan esga olinadi. Oʻzini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida koʻrsata olgan oʻzbek xalqining qahramoni kamchiliklarga toʻla sovet boshqaruv tizimini oʻzbek xalqining oʻlchab boʻlmas rivoji uchun yoʻnaltirgan.
[tahrir] Rashidov haqida zamondoshlari
V.Boldin (M.Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) — Rashidov haqida.
"Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: «Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi». Gorbachyov esa: «Baribir koʻproq topshiringlar». (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.).