Xirosima
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xirosima — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu oroli janubi-gʻarbida joylashgan. Xirosima prefekturasi maʻmuriy markazi.
Aholisi - 1,15 mln. kishidan koʻproq, maydoni - 905 kv. km.
Shahar tarixi XVI asrda mahalliy yer egasi shu yerda oppoq Zogʻora baliq qasri (Ridzyo)ni qurdirgani boshlanadi.
Mashinasozlik, tekstil, ximiya, harbiy va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Universitet bor.
1945 yil 6 avgust kuni B-29 Enola Gay amerika bombardimonchi samolyoti Xirosimaga birinchi atom bombasini tashladi. Xirosimaning katta qismi vayronaga aylandi, birinchi yarimyillikning oʻzida 140 ming kishi vafot etdi.
1951-52 yillarda Tinchlik Hiyoboni arxitekturaviy-dam olish ramziy boʻgʻi qurilgan.
[tahrir] Bombardimon qilishdan maʻno boʻlganmi?
Haligicha Xirosimaning harbiy bombardimon qilinishidan maʻno bormi degan savolga yakuniy javob berilmagan. SSSR va uning maslakdoshlari, 1945 yil 6 avgustdagi Xirosimaga atom bombasini tashlanishi hech qanaqasiga urush yakunlanishini tezlashtirmagan, bu shunchaki jahonni yangi qurol bilan qoʻrqitish maqsadida qilingan, deb ishontirishga harakat qiladilar. Ularning fikricha, tasdiqlanganidek, Uzoq Sharqdagi urushga Sovet Ittifoqi ham qoʻshilgach, rasmiy Tokio baribir kapitulyatsiya eʻlon qilardi.