Futbol
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol(ingl. "foot" - oyoq, "ball" - to`p) — sport o`yini. O`yindan maqsad to`pni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga o`z darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida to`pga qo`l bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha o`yinchilarga, shuningdek o`z jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
To`p uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar ta`qiqlanadi. Agar o`yinchi to`pga qo`lidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyog`i) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda bo`lsa, o`yinchi to`pni egalladi, deb hisoblanadi .
Odatda futbol to`gri to`rtburchak shaklidagi maydonda o`ynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan (10 ta o`yinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol o`yini match, deb atalib, har biri 45 daqiqa davom etuvchi taymlardan iborat bo`ladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida jamoalar o`rin almashishadi.
Bundan tashqari shunday futbol turlari borki, ulardagi o`yinchilar soni kamroq bo`lishi mumkin — jumladan plyaj futboli (qumda o`ynaladi), mini-futbol (maxsus qoplamali zalda o`ynaladi), mahalla futboli (har qanday maydonda har qancha o`yinchilar bilan o`ynaladi).
Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib bo`ladi.
Bu maqola juda qisqa. |
|
Iltimos, maqolani kengaytiring. |