Yangi Shvabiya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Shvabiya (nem. Neu-Schwabenland yoki Neuschwabenland) — Antarktida hududidagi 20° sharqiy uzunlik va 10° g'arbiy uzunlik orasida joylashgan, 1939 yil 19 yanvardan, 1945 yil 8 mayga qadar Germaniya da'vogarlik qilgan hudud.
Yangi Shvabiya hududi Qirolicha Mod Yerida joylashgan. Ushbu hududga 1938 yildan to shu kunlarga qadar Norvegiya ham da'vogarlik qiladi.
"Yangi Shvabiya" (Uchinchi Nemis) ekspeditsiyasi 1938 yil 17 dekabridan 1939 yil fevraliga qadar Alfred Risher rahbarligida olib borilgan. Ekspeditsiyaning maqsadi Antarktidadagi nemis kit ovlovchi stansiyalarini himoya qilish bo'lgan. Lyuftvaffe uchuvchilari qariyb 600 ming kvadrat kilometr masofani (bu hozirgi Germaniya hududiga deyarli ikkita keladigan masofa) uchib o'tib, har 25-30 kilometr masofada vimpellar tashlab o'tishgan. 350 ming kvadrat kilometr masofa suratga olingan, 11 mingdan ortiq fotosuratlar tayyorlangan.
Yangi Shvabiya va Gamburg o'rtasida "Shvabiya" qidiruv kemasi orqali doimiy aloqa bo'lib turgan.
[tahrir] Afsonalar
O'ta sirli Yangi Shvabiya bazasi (yoki 211-baza) haqida juda ko'plab afsonalar mavjud, biroq ulardan hech biri o'z isbotini topmagan.
- Baza joylashgan hududda yerosti shahri sirli laboratoriyalari bilan qurilgan.
- Yangi Shvabiya muhandislarining "ijod mahsuli" - uchar likopchalari hozirgi kunlarga hudud osminida uchib yuradi.
- Gitler, va balki, Myuller va Bormanlar sirli shahardan boshpana topgan bo'lishlari mumkin.
- Uchunchi reyxni o'rgangan olimlar: R.Vesko, V.Terziyski, D.Chayldersslarning so'zlariga ko'ra suvosti kemalari orqali Janubiy qutbga va "Yangi Shvabiya"ga konslagerlarning minglab asirlari va bir necha o'nlab olimlar olib kelingan.
[tahrir] Dalillar
- Isbotlanganki, bazada atom fizikasi va uranni boyitish bo'yicha tajribalar olib borilgan.
- Antarktidada uran rudalarini qidirish ishlari olib borilgan.
- Yangi Shvabiya haqidagi barcha hujjatlar Gitler Germaniyasining kapitulyatsiyasidan keyin yo'q qilingan. Ittifoqchi kuchlar tomonidan topilgan ba'zi bir hujjatlar loyiha haqidagi to'liq tasavvurlarni bera olmaydi.
- Bazaning yer ustidagi qismi 1946 yilda admiral Richard Berd tomonidan yo'q qilingan.
- Shunisi ma'lumki, Yangi Shvabiyada 8 tagacha yirik suvosti kemalari bo'lgan.
[tahrir] Bugungi kunda
Hozrgi vaqtda janubiy uzunlikning 60° janubidagi hududlarda Antarktida haqida Konvensiya amal qiladi. Unga ko'ra,a ko'rsatilgan hududlarda ilmiy-tekshirish ishlaridan boshqa har qanday harakatlar ta'qiqlangan. Yangi Shvabiya hududi (Qirolicha Mod Yeri)da "Nomayr" nemis stansiya ishlab turibdi, lekin nemis olimlarining faoliyati fashistik tarix bilan hech qanday aloqadorlikka ega emas.