17 iyul
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
17 iyul — Grigori taqvimida yilning 198-kuni (kabisa yilida 199-kun). Yil yakuniga 167 kun qoladi.
Template:JulyCalendar2007
Contents |
[tahrir] Bayramlar
- Rossiya dengiz aviatsiyasi kuni.
[tahrir] Voqealar
- 1429 — Inglizlardan qaytib olingan Reymsda Fransiya qiroli Karl VIIga toj kiydirish marosimi bo`lib o`tdi (marosim chog`ida Janna d’Ark qirol boshi uzra bayroq ushlab turgan).
- 1453 — Yuz yillik urushning nihoyasi. Fransuzlar Kastilyonda inglizlarni mag`lub etishdi (bu jangdan so`ng Bordo fransuzlar qo`liga o`tdi).
- 1775 — AQShda ilk harbiy gospital ochildi.
- 1785 — Polyak Morits-Avgust Benevskiy o`zini Madagaskar imperatori deb e`lon qildi va Fransiyaga qarshi urush ochdi.
- 1791 — Parijda qirol Lyudovik XVIning iste`fosini talab qilgan tinch namoyish o`qqa tutildi.
- 1793 — Parijda Jan-Pol Maratning qotili Sharlott Korde qatl etildi.
- 1841 — ingliz hajviy jaridasi - "Panch" (Punch)ning ilk soni nashr etildi.
- 1854 — Yevropada birinchi tog` orqali o`tgan temir yo`l qurib bitirildi (Avstriya.
- 1868 — Yaponiya poytaxti Kiotodan Tokioga ko`chirildi.
- 1915 — Germaniya va Avstriya Bolgariya bilan ittifoq tuzdi.
- 1917 — Petrogradda ishci va askarlar namoyishi o`qqa tutildi.
- 1928 — Meksikalik siyosatchi Obregon, mamlakat prezidentligiga saylovlarda yutib chiqqandan so`ng, Mexikoda o`ldirildi.
- 1938 — Amerikalik aviamexanik Duglas Korrigan anglashilmovchilik (kompas strelkalarini adashtirib yuborgan) tufayli Nyu-Yorkdan Dublinga uchib keldi (Los-Anjeles o`rniga).
- 1942 — Stalingrad mudofaasi jangi boshlandi.
- 1944 — Normandiyada ingliz samolyoti nemis feldmarshali Ervin Rommelning avtomobilini o`qqa tutdi, natijada nemis qo`mondoni yaralandi.
- 1944 — Normandiyada Birinchi Kanada armiyasi jangga kirishdi.
- 1945 — Potsdam konferensiyasi boshlandi.
- 1946 — Yugoslaviyada antifashist harakati faxriysi polkovnik Draja Mihaylovich va uning sakkiz nafar tarafdori otib o`ldirildi.
- 1947 — Hind okeanida "Randas" nomli hind kemasi halokatga uchradi, natijada 625 kishi halok bo`ldi.
- 1972 — Monrealda "Rolling Stounz" konserti oldidan guruh apparaturasi joylashgan yuk avtomobiliga qo`yilgan bomba portladi.
- 1973 — Afg`onistonda monarhiya bekor qilindi.
- 1974 — London Tauerida portlash. Bir kishi halok bo`ldi.
- 1975 — "Soyuz" (SSSR) va "Apollon" (AQSh) kosmik kemalari jipslashishdi.
- 1975 — Kaliforniyada 75 yoshli fil Modok o`ldi, u Yerdagi eng ko`p yashagan sut emizuvchi hisoblanadi (odamlardan tashqari).
- 1976 — Monrealda XXI Olimpiya o`yinlari boshlandi.
- 1979 — Nikaragua diktatori Anastasio Somosa AQShga qochdi.
- 1979 — Iroq prezidenti Saddam Husayn feldmarshal bo`ldi.
- 1982 — Isroil Falastin Ozodlik Tashkilotiga Bayrutni tark etish uchun 30 kun berdi.
- 1990 — AQShda ilk mikrokompyuter patentlandi.
- 1994 — Braziliya terma jamoasi Italiya termasini mag`lub etib, futbol bo`yicha to`rtinchi marotaba jahon chempioni bo`ldi.
- 1996 — Nyu-York-Parij reysli samolyot halokatga uchradi, 229 yo`lovchi halok bo`ldi.
[tahrir] Tavallud topganlar
- 1796 — Jan Batist Kamil Koro (Jean-Baptiste Camille Corot), fransuz musavviri.
- 1846 — Nikolay Mikluho-Maklay, rus sayyohi va etnografi.
- 1888 — Shmuel Agnon, isroillik yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori.
- 1889 — Erl Stenli Gardner, amerikalik yozuvchi.
- 1891 — Boris Lavrenev, rus yozuvchisi.
- 1894 — Jorj Lemetr, belgiyali astronom va matematik.
- 1898 — Berenis Ebbot, amerikalik fotograf.
- 1899 — Jeyms Kegni, amerikalik aktyor.
- 1901 — Bruno Yasenskiy, polyak yozuvchisi.
- 1917 — Dmitriy Belyayev, rus genetigi.
- 1934 — Donald Sazerlend, kanadalik aktyor.
- 1939 — Valeriy Voronin, rus futbolchisi.
- 1942 — Muslim Magomayev, ozarbayjon qo`shiqchisi.
- 1947 — Kamilla Parker-Boulz, Uels shahzodasi Charlzning rafiqasi.
- 1949 — Terri Batler, ingliz rok-musiqachisi.
- 1949 — Garri Boumen, mashhur amerikalik jinoyatchi.
- 1956 — Brayan Trotye, kanadalik xokkeychi.
- 1963 — Letsiye III, Lesoto qiroli.
- 1972 — Yap Stam, golland futbolchisi.
[tahrir] Vafot etganlar
- 1399 — Yadviga, Polsha qirolichasi.
- 1790 — Adam Smit, ingliz iqtisodchisi.
- 1907 — Ektor Malo (Hector Malot) (1830da tug`ilgan), fransuz yozuvchisi.
- 1912 — Jyul Anri Puankare (Jules Henri Poincaré) (1854da tug`ilgan), fransuz matematigi, astronom, faylasuf.
- 1918 — Nikolay II (1868da tug`ilgan), Rossiya imperatori.
- 1933 — Styáponas Dáryus (1896da tug`ilgan), litvalik uchuvchi, milliy qahramon.
- 1933 — Stásis Girénas (1893da tug`ilgan), litvalik uchuvchi, milliy qahramon.
- 1959 — Billi Holidey (haqiqiy ismi Eleonora Feygan) (Billie Holiday — Eleanora Fagan) (1915da tug`ilgan), amerikalik jazz qo`shiqchisi.
- 1975 — Konstantin Gamsaxurdiya (1891da tug`ilgan), gruzin yozuvchisi.
- 1988 — Fyodor Nikitin (1900da tug`ligan), sovet aktyori.
- 1990 — Valentin Pikul, rus yozuvchisi.
- 1995 — Huan Manuel Fanxio (Juan Manuel Fangio), argentinalik avtopoygachi.
- 1999 — Kenja Jon Kennedi, AQSh prezidenti Jon Kennedining o`g`li.,
- 2005 — Spartak Mishulin (1926da tug`ilgan), rus aktyori.