Bolgariya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shior: Съединението прави силата (Bolgarcha: Union is strength) |
|||||||||||||
Madhiya: Mila Rodino (Dear native land) |
|||||||||||||
Poytaxt | Sofiya | ||||||||||||
Rasmiy til(lar) | |||||||||||||
Hukumat | Parlamentlik Respublika | ||||||||||||
|
|||||||||||||
|
|||||||||||||
Maydon | |||||||||||||
• Butun | 110,910 km² (104-) | ||||||||||||
• Suv (%) | |||||||||||||
Aholi | |||||||||||||
• 2002 roʻyxat | 7,450,349 (94- oʻrin) | ||||||||||||
• Zinchlik | 67/km² | ||||||||||||
YaIM (XQT) | 2005- yil roʻyxati | ||||||||||||
• Butun | AQSh$67,290 mil. (67-) | ||||||||||||
• Per capita | AQSh$9,032 | ||||||||||||
Pul birligi | Bulgarian Lev (BGN ) |
||||||||||||
Vaqt Mintagʻi | (UTC) | ||||||||||||
• Yoz (DST) | |||||||||||||
Qisqartma | BU | ||||||||||||
Internet domeyn | .bg | ||||||||||||
Telefon prefiksi | +359 |
||||||||||||
Bolgariya (Bolgarcha: България, [[Xalqaro Fonetik Alifboda (International Phonetic Alphabet)|IPA]]: /ˌbɤlgarˈia/), rasmiy ravishda Bolgariya Respublikasi (Bolgarcha: Република България, IPA: /rɛpˈubliˌka ˌbɤlgarˈia/), janubiy-sharqiy Yevropadagi davlat. U sharqdan Qora Dengiz, janubdan Gretsiya va Turkiya, g'arbdan Serbiya va Makedoniya Respublikasi va shimoldan Ruminiya bilan Dunay daryosigacha chegaralanadi.
Contents |
[tahrir] Tarixi
- Asosiy maqola: Bolgariya tarixi.
Image:BGgerb2.gif-Bulgaria | |||
Birinchi Bolgar Imperiyasi | |||
Ikkinchi Bolgar Imperiyasi | |||
Usmon Bolgariyasi | |||
Mustaqil Bolgariya | |||
Kommunistik Bolgariya | |||
Demokratik Bolgariya |
7-chi asrning oxirlarida Asparuh Xon tomonidan boshqarilgan Bolgarlar qabilasi Bolqonga ko'chishadi va u yerda mahalliy Slavyanlar bilan birlashib ketib, MA 681 y.da dastlabki bolgar davlatini tuzishadi. Bu slavyan millatining tarixdagi birinchi davlatidir. 9-10-chi asrlarda Bolgar imperiyasi Yevropada juda katta kuchga ega bo'ladi va Bolqon yarimorolida hukmronlik qilish uchun Vizantiya Imperiyasiga qarshi urushlar olib boradi. Lekin 969 y.da Bolgar Imperiyasi Kiev Rusi tomonidan katta talofat ko'radi va 1018 y.da Basil II boshchiligidagi Vizantiya Imperiyasi tomonidan butunlay mahv etiladi.
[tahrir] Boshqaruv Organi
Bolgariya Prezidenti (Georgi Parvanov 22 yanvar 2002) to'g'ridan to'g'ri 5 yillik muddatga saylanib, bir marotaba qayta saylanish huquqiga ega. Prezident davlat boshqaruvchisi va harbiy kuchlarning oliy qo'mondoni vazifalarini o'taydi. Ayni vaqtda, prezident Milliy Xavfsizlik organining Maslahat Qo'mitasi rayisi bo'lib, garchi qonun qabul qila olmasada, qonun loyihasini [for further debates] qaytarishi mumkin. Lekin parlament ko'pchilikning ovozi bilan prezidentning vetosini rad etishi mumkin.
Vazirlar Kengashi Bosh Vazir (Sergey Stanishev 2005 y. 17 avgustdan beri) tomonidan boshqariladi. U Bosqaruv Organining oliy a'zosi bo'lib, hozirda 20-ta vazirdan iborat. Bosh Vazir parlamentning ko'chilik ovozi bilan tayinlanadi va Prezident tarafidan o'z mahkamasini tuzish uchun mandat beriladi.
Hozirdagi koalitsiya Bolgar Sotsialist Partiyasi (BSP), Simeon II Milliy Xarakati (SMX) va (asosan mamlakatda kamchilikni tashkil etgan Turklarni ifodalovchi) Huquqlar va Ozodlik uchun Xarakatdan tashkil topgan.
[tahrir] Hokimiyat
Bolgariya yakka palatali parlamentga ega. Umum-Milliy Yig'ilishi yoki Narodno Sabranie, 240 deputatlardan iborat bo'lib, ular xalq tomonidan 4 yillik muddatga saylaniladi. Ovozlar 28-ta administrativ bo'limlarning har biridagi nomzodlarning partiyalari yoki koalitsiyalariga beriladi. Partiya yoki koalitsiya parlamentga kirish uchun eng kamida ovozlarning 4% to'plashi zarur.Parlament qonunlarning kuchga kirishi, byudjetni tasdiqlash, prezident saylovlariga tayyorgarlik ko'rish, bosh vazir va boshqa vazirlarning tanlovi va ularning ishdan bo'shatilishi, urush e'lon qilish, qo'shinlarning Bolgariya hududidan tashqariga chiqishi va xalqaro bitim va shartnomalarni tasdiqlash kabi vazifalarni bajaradi.
So'ngi saylovlar 2005 y.ning iyun oyida bo'lib o'tgan. Navbatdagi saylovlar 2009 y.ning kuziga rejalashtirilgan.
[tahrir] Hududiy va mahalliy hokimiyat
Bolgariya Respublikasining hududi provinsiya va munitsipalitelarga bo'lingan. Provinsiyalarning soni 28-ta bo'lib, har biri hokimiyat tomonidan tayinlanadigan provinsiya hokimi bilan boshqariladi. Shu bilan birga, mamlakatda 263-ta munitsipalitet mavjud.
[tahrir] Provinsiyalar
- Asosiy maqola: Bolgariya provinsiyalari.
1987 y. 9-ta provinsiyaga bo'linganidan so'ng, 1999 y.dan boshlab, Bolgariya 28-ta provinsiyadan iborat (oblasti, birlikda - oblast). Mamlakat poytaxti alohida provinsiya xisoblanib, har bir provinsiya o'z poytaxti nomi bilan ataladi:
|
|
|
|
BMT a'zosi