Matematika
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matemátika (yunoncha "μάθημα" - "bilim", "μαθηματικός" - "bilimni o`rganish") — sonlar, strukturalar, fazolar hamda o`zgarishlarni tadqiq etuvchi fan. Avvalboshda matematika hisoblash, o`lchash, shuningdek fizik jismlar tabiatini deduktiv o`rganish uchun qo`llanilgan.
Bundan tashqari matematika matematik bilimlarning samarali uzatilishi uchun rasmiy til taklif etadi. Shuning uchun matematika tabiiy fanlar, iqtisodiyot, modellashtirishda eng muhim vositalardan biridir.