Karimov, Islom Abdugʻaniyevich
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Abdugʻaniyevich Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti.
Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi sekretari. 1991 yilda Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi va xozirgacha shu lavozimni egallab kelmoqda. Oʻzbekiston birinchi Prezidenti.
Islom Karimovning prezidentlik faoliyatini baxolash qiyin. Konstituyciya boyicha u democratic bolishi shart, ammo u O'zbekistonda dicator dovlat qilgan. Uning boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va dastlabki vaqtda iqtisodiyoti boshqa MDX davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi. Tashqi siyosatda koʻproq gʻarbga suyandi. Biroq 1998 yili Rossiya Federatsiyasidagi moliyaviy inqiroz (defolt) koʻpgina Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlariga salbiy taʼsir qildi. Shu davrdan Oʻzbekiston iqtisodi ham stagnatsiya holatiga oʻta boshladi. Boshqa davlat boshqaruvidagi sistematik xatolar, jumladan bozor iqtisodiyotiga oʻtish choʻzilib ketishi, reformalar toʻliq amalga oshirilmasligi, demokratik qadriyatlar buzilishi va ayniqsa davlatning eng yuqori orinlarida korruptsiya oʻta kuchayishi bunga katta turtki boʻldi. Koʻpgina komministik meʼroslar, jumladan davlat mulkining katta ulushi, administrativ resursdan keng foydalanish, planli iqtisodiyot yuritish kabilardan kechilmadi.
1999 16 fevral voqealari Oʻzbekistonda diniy ekstremizmning keng tarqalganligini namoyish qildi. Biroq bu voqealarga qarshi kurash tezda repressiyalarga aylanib ketti. 90-chi yillarning oxirida sotsial axvol ham keskin yomonlasha bordi. Koʻpgina axoli chet elga immigratsiya qila boshladi.
2003 Oʻzbekistonga Yevropa Tiklanish va Rivojlanish Banki tashrif buyurdi. Umuman olganda YRRB asosan iqtisodiyot va siyosatga oid tanqidiy fikrlar bildirib, keyingi investitsiyalar kiritish uchun baʼzi bir shartlar qoʻydi.
2004 mart oyining oxiri aprel oyining boshlarida, bir xafta davomida Toshkentda terroristik aktlar amalga oshirildi. Ular asosan xuquqni ximoya qilish organlariga qarshi qaratildi. Garchi rasmiy hukumat buni diniy ekstremizm sifatida koʻrsatsada baʼzi koʻpgina oddiy axoli va xalqaro OAV orasida buni hukumatning adolatsizligiga qarshi aktsiya deb baholandi. Islom Karimovning prezidentlik mudatti, 2000 yilda oʻtkazilgan xalq referendumidan keyin 2007 yilgacha koʻchirildi. Nima boʻlganda ham shu muddatdan keyin Oʻzbekistonda katta bir siyosiy davr almashadi.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |