Internet
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Internet - bu informatsiyani jamlovchi va tarqatuvchi butunjaxon, o'zaro bo'g'langan kompyuterlar tarmog'idir. Bu informatsiya standart Internet Protokol va boshqa protokollar yordamida paketlar orqali tarqatiladi. Uni minglab akademik, davlat, tijorat va honadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elktron pochta, chat hamda o'zaro bog'langan saxifalar va boshqa Butunjaxon o'rgimchak to'ri servislaridan tashkil topadi.
[tahrir] Internet yaratilish tarixi
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona komunikatsion tarmoqqa ulash extiyoji tug'ildi. Bu extiyoj markazlashmagan to'r, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi soxalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo bo'lishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984 yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib keyinchalik u NSFNet loyixasiga aylandi. 1995 yil Internetning tijorat versiyalari paydo bo'la boshladi.
1991 yil CERN Butunjaxon o'rgimchak to'ri loyixasini e'lon qildi. Bu voqea Tim Bernars Li tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-saxifalarni paydo bo'lishidan 2 yil keyin sodir bo'ldi. 1993 yil birinchi internet brouser Mosaicning 1.0 versiyasi paydo bo'ldi va 1994 yilda internetga ommaviy qiziqish tug'ila boshladi. 1996 yildan Internet so'zidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan Butunjaxon o'rgimchak to'rini anglatadi.
Shu bilan birga Internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yo'qligi uni organik rivojlanishiga sabab bo'ldi. Xozirda Internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.