Esperanto
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esperánto — eng keng tarqalgan sunʻiy til (loyihaviy, deb ham ataladi; turli manbalarga koʻra hozirda dunyoda 2 milliondan 20 milliongacha esperantistlar yashaydi). Varshavalik okulist Lazar (Lyudvig) Markovich Zamenhof tomonidan 1887 yili oʻn yillik mehnat natijasi oʻlaroq yaratilgan. Nashr qilingan birinchi kitobi «D-ro Esperanto. Lingvo internacia. Antaŭparolo kaj plena lernolibro» («Doktor Umidvor. Xalqaro til. Muqaddima va toʻliq darslik»), deb atalgan. Zamenhofning taxallusi — Esperanto — tez orada shu tilning nomiga aylandi.
Contents |
[tahrir] Til
Esperanto har qanday ziyoli kishi uchun ikkinchi (ona tilidan soʻng) til boʻlib, universal xalqaro til boʻlishi maqsadida yaratilgan (Istisno: bugungi kunda esperantoni oʻz ona tili, deb tan oluvchilar (denaskuloj) ham mavjud, ularning soni 200 dan 2 minggachadir). Esperanto tilini oʻrganish nisbatan osonligi hamda uning neytralligi, etnik emasligi tillararo toʻsiqni bemalol yengib oʻtishga yordam qiladi.
[tahrir] Alifbo va talaffuz
Alifbo: A, B, C, Ĉ, D, E, F, G, Ĝ, H, Ĥ, I, J, Ĵ, K, L, M, N, O, P, R, S, Ŝ, T, U, Ŭ, V, Z.
Har bir harfga bitta tovush mos keladi (fonetik xat). Xarf oʻqilishi uning soʻzdagi joylashishiga bogʻliq emas (xususan, soʻz oxiridagi jarangli undoshlar oʻqilmaydi).
Urgʻu doim oxirgidan oldingi boʻginga tushadi.
C (co) ts, deb talaffuz qilinadi: centro — markaz, sceno — sahna. Ĉ (ĉo) ch, deb talaffuz qilinadi: ĉefo — shef, boshliq; ĉokolado — shokolad. G (go) doim g, deb talaffuz qilinadi (baʼzi tillardagi kabi j emas): grupo — guruh, geografio — joʻgʻrofiya. Ĝ (ĝo) j, deb talaffuz qilinadi: ĝardeno [jardéno] — bogʻ, etaĝo [etájo] — qavat. H (ho) inglizchadagi h kabi boʻgiq talaffuz qilinadi: horizonto — ufq. Ĥ (ĥo) oʻzbekchadagi x kabi talaffuz qilinadi: ĥameliono — buqalamun, ĥirurgo — jarroh, ĥolero — oʻlat. J (jo) — y,deb talaffuz qilinadi: jaguaro — yaguar, jam — allaqachon. Ĵ (ĵo) ruschadagi j kabi talaffuz qilinadi: ĵargono — jargon, ĵaluzo — rashk, ĵurnalisto — muxbir. Ŝ (ŝo) sh, deb talaffuz qilinadi: ŝi — u, ŝablono- shablon. Ŭ (ŭo) — inglizchadagi w kabi talaffuz qilinadi: paŭzo — pauza, Eŭropo — Yevropa.
Talaffuz namunasi ("Hazrat" duosi)
[tahrir] Lugʻat
Soʻzlarning koʻpchiligi roman-german tillaridagi soʻzlar bilan oʻzakdosh. Baʼzi soʻzlar slavyan tillaridan olingan. Ularning boshlangʻich orfografiyasi esperanto tilida saqlanib qolmagan.
[tahrir] Grammatika
Esperanto grammatikasini istisnolarsiz 16 qoida koʻrinishida tasniflash mumkin (birinchi darslikda aynan 16ta qoida yozilgan edi). Yozuv uchun lotin alifbosi asosidagi fonematik alifbo ishlatiladi.
[tahrir] Esperantistlar
Esperantistlar, yaʼni esperanto tilida gaplashuvchilar soni aniq emas. Lekin, shunisi aniqki, esperanto tili sunʼiy tillar ichida eng omadlisidir. 2004 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Universala Esperanto-Asocio (Butunjahon Esperanto Assotsiatsiyasi) 114 ta mamlakatda oʻz aʼzolariga ega, har yili oʻtkaziladigan Universala Kongreso (Butunjahon Esperantistlar Kongressi) esa 5 ming nafargacha ishtirokchi yigʻadi.
[tahrir] Havolalar
Bu maqola juda qisqa. |
|
Iltimos, maqolani kengaytiring. |